Toshkentda terrorchilik tashkilotining 8 nafar yashirin a’zolari qo‘lga olindi
Arxiv foto
2023 yilning 20 may kuni, huquqni muxofaza qiluvchi idoralar hamkorligida “Tavhid va jihod katibasi” (“TJK”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan terroristik tashkilot deb topilib, mamlakatimiz hududida uning faoliyati taqiqlangan) nomli terrorchilik tashkilotining 8 nafar yashirin a’zolari ushlandi. Bu haqda IIBB xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yig‘inlar o‘tkazib, kelgusida Suriya davlati hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga borib qo‘shilishni rejalashtirib, terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan internet tarmog‘i va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa o‘rnatib, ularning ko‘rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shug‘ullanib kelganlar.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshket shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring