Toshkentda ”Tasviriy va amaliy sanʼat” festivali boshlandi
Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasida bir necha yillardan buyon xalqaro miqyosda nishonlanib kelinayotgan ”Tasviriy va amaliy sanʼat festivali”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Eron, Kuvayt, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Latviya va boshqa davlatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari, taniqli rassomlar, haykaltaroshlar, fotograflar, OAV xodimlari va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda bu yilgi koʻrgazmalarning oʻziga xosligi sifatida oʻquv muassasalari alohida kafedra va fakultetlarning sanʼat asarlari va ijodiy izlanishlarini namoyish qilish imkoniyatini berishi eʼtirof etildi.
Festival 27 aprelgacha davom etadi. Koʻrgazmalar Fotosuratlar uyi, Tasviriy sanʼat galereyasi, Ikuo Xiroyama Xalqaro madaniyat karvon-saroyida va Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida boʻlib oʻtadi.
Taʼkidlash joizki, badiiy koʻrgazmalar direksiyasining Markaziy koʻrgazmalar zali va Ikuo Xiroyama Xalqaro madaniyat karvon-saroyining bogʻ hududida besh kun davomida - dizayn, grafika va amaliy-sanʼat boʻyicha mahorat darslari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring