Toshkentda suv hisoblashning yangi tizimi joriy etiladi

10:28 23 Iyun 2021 Jamiyat
1091 0

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Fransiyaning Suez International Toshkent shahri uchun suv hisoblashning intellektual tizimini joriy qilish boʻyicha hamkorlikdagi tadbirlar toʻgʻrisidagi Memorandumni imzoladi.

2020-yilning mart oyida Suez International kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi, TSST (avvalgi SUVSOZ) va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi “Toshkentda suv taʼminoti transformatsiyasi rejasi” loyihasini amalga oshirish doirasida birgalikda boshqaruv toʻgʻrisidagi kelishuvni imzolagan edilar.

Birgalikda boshqaruv toʻgʻrisidagi kelishuv qator innovatsiyalarni joriy etish, nou-xaularni kiritish, nazorat koʻrsatkich va tizimlari, tahlil instrumentlari, raqamli transformatsiya, texnik yordam va xodimlarni oʻqitish orqali suv taʼminoti va suv chiqarilishi operatorining imkoniyatlarini kengaytirish va faoliyat samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.

Imzolangan Memorandum Toshkentda suv hisoblashning intellektual tizimini joriy etish boʻyicha taraflar oʻrtasidagi hamkorlikning boshqaruv tamoyillarini mustahkamlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер