Toshkentda shaxmat yulduzlari ishtirokidagi “Uzchess Cup” turniri boshlandi

Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Shu yilning 6-15-iyun kunlari dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Toshkentda jam boʻlmoqda.
Mukofot jamgʻarmasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Uzchess Cup” turniri Samarqand mezbonlik qilgan jahon chempionatini inobatga olmaganda, yurtimizda oʻtkazilayotgan eng katta masshtabdagi musobaqa hisoblanadi.
Turnir 3 guruhda oʻtkaziladi:
— “Masters” guruhida reytingi 2700 va undan yuqori shaxmatchilar;
— “Challengers” guruhida reytingi 2600 va undan yuqori shaxmatchilar;
— “Futures” guruhida reytingi 2500 va undan yuqori shaxmatchilar ishtirok etishadi.
5-iyun kuni “Uzchess Cup” turniriga qura tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Dunyoning nomdor grossmeysterlari jam boʻlgan “Masters” guruhida hamyurtlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. Shuningdek, ushbu kuchlilar guruhida Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston), Parham Maqsudlu (Eron) Shahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Aleksandr Grishuk (FIDE), Yu Yang Yi (Xitoy), Richard Rapport (Ruminiya) va Aleksey Sarana (Serbiya) ham bor.
Qura natijasiga koʻra, “Masters” guruhining 1-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Parham Maqsudluga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboyev qora donalarda mos ravishda Yu Yang Yi hamda Richard Rapport bilan hisob-kitob qiladi.
“Challengers” guruhida shaxmatchilarimizdan Jahongir va Shamsiddin Vohidovlar kuch sinashadi. Jahongir 1-turda oq donalarda turkiyalik Mustafa Yilmazga, Shamsiddin esa qora donalarda germaniyalik Aleksandr Donchenkoga qarshi bahs olib boradi.
“Futures” guruhida oʻzbekistonlik shaxmatchilar Muhammadzoxid Suyarov, Muhiddin Madaminov va Humoyun Begmuratov nomdor raqiblariga qarshi dona surishadi. Qura natijasiga koʻra, 1-turda Suyarov — Madaminov qarama-qarshiligiga guvoh boʻlamiz. Humoyun esa qora donalarda ukrainalik Vitaliy Bernardski bilan toʻqnash keladi.
Vaqt nazorati: Klassik. Har bir oʻyin boshida oʻyinchilarga 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, 41-yurishdan oʻyin oxirigacha esa qoʻshimcha 30 daqiqa beriladi va har bir yurish uchun 30 soniya vaqt qoʻshib boriladi.
Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring