Toshkentda Qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi

2024-yil 27-noyabrda Toshkent shahrida Qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Unda Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining 40 ga yaqin vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Uchrashuv doirasida reabilitatsiya va reintegratsiya dasturlarini amalga oshirish boʻyicha ilgʻor tajribalarni, shu jumladan fuqarolik jamiyati tashabbuslarini koʻrib chiqish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, hukumatlar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida ushbu yoʻnalishda olib borayotgan hamkorligi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, Markaziy Osiyo allaqachon mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish sohasida yetakchi oʻrinni egallagan. 2019-yildan buyon mintaqaning 2100 nafardan ortiq fuqarosi, jumladan, ayollar va bolalar muvaffaqiyatli repatriatsiya qilindi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston koʻplab gumanitar operatsiyalarni amalga oshirdi va bu borada noyob tajriba toʻpladi.
Toshkentdagi uchrashuv xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidagi navbatdagi qadam boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 14-may kuni Toshkentda Qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashi oʻz faoliyatini boshlangan edi.
Mintaqaviy ekspertlar Kengashi tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi va toʻrtta ishchi guruhdan iborat:
(a) Javobgarlik, huquqiy va sud-huquq masalalari;
(b) Psixologik-ijtimoiy yordam, sogʻliqni saqlash va taʼlim;
(c) Terroristik gʻoyalarga qarshi kurashish;
(d) Konsensus asosida tavsiyalar va/yoki taklif qilingan yechimlarni taqdim etish uchun muntazam ravishda yigʻiladigan fuqarolik jamiyati, shu jumladan ayollar va yoshlar ishchi guruhlari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring