Toshkentda qiymati 150 mln dollarlik tibbiyot klasteri tashkil etiladi

Foto: SSV
Toshkent shahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda zamonaviy tibbiyot klasteri tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 19-oktyabr kuni Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi (EDCF) ishtirokida Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha bosh pudratchi sifatida tanlangan “Kyeryong” konsorsiumi rahbari va Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrtasida shartnoma imzolangan hamda qurilish ishlariga rasman start berilgan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 149,8 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan 124 mln dollar — Koreya Eksimbanki orqali EDCF kredit mablagʻlari, 25,8 mln dollar esa — Oʻzbekistonning ulushi hisoblanadi.
Loyihaning amalga oshirilishi bilan jahon standartlariga mos keladigan, IV darajali, quvvati 300 oʻrinli boʻlgan yangi shifoxona binosi barpo etilib, bu yerda 700 nafardan ortiq xodim uchun yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
“Muhimi, 130 nafar oʻzbekistonlik tibbiyot xodimlarini malaka oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborish, 32 nafar koreyalik yuqori malakali mutaxassislarni yurtimizga jalb etish koʻzda tutilgan”, deyiladi SSV xabarida.
Qayd etilishicha, shifoxonada yiliga 8,5 mingta yurak qon-tomir xirurgiyasi, transplantologiya, neyroxirurgiya, reabilitatsiya, orqa miya va boʻgʻim ogʻriqlari bilan bogʻliq yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalarni oʻtkazish imkoni boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring