Toshkentda Oʻzbekiston–AQSH biznes-forumi boʻlib oʻtdi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston va AQSH ishbilarmon doiralari ishtirokida yirik biznes-forum tashkil etildi. Mazkur tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ham qatnashdi. Forum Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi hamkorligida oʻtkazildi.
Tadbirda ikki davlatning ishbilarmon va davlat sektori vakillaridan iborat 150 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Ular orasida sanoat, raqamlashtirish, qishloq xoʻjaligi, energetika, moliya va sogʻliqni saqlash kabi muhim tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalar vakillari ham bor edi.
Forum dasturidan Oʻzbekistonning sarmoyaviy salohiyati taqdimoti hamda G2B — yaʼni davlat va biznes vakillari oʻrtasidagi ikki tomonlama uchrashuvlar oʻrin oldi. Unda ishtirokchilar savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va institutsional hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Sodiq Safoyev forumda chiqish qilib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida jamiyat yangilanib borayotgani va mamlakatimiz siyosiy hamda iqtisodiy modernizatsiya yoʻlidan dadil bormoqda ekanini taʼkidladi. U, shuningdek, bu kabi forumlar strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim oʻrin tutishini qayd etdi.
Oʻzbekiston–AQSH biznes-forumi ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri boʻlib, Oʻzbekistonning AQSH uchun Markaziy Osiyodagi ishonchli iqtisodiy va sarmoyaviy hamkor maqomini yana bir bor tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring