Toshkentda oʻsmir yigit “Spark”da YPX mashinasini urib, agʻdarib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “Spark” YPX avtomashinasini urib, agʻdarib yuborgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 12-sentyabr kuni soat 00:45 larda Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasida 2008-yilda tugʻilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan fuqaro B.J. davlat raqam belgilarisiz "Spark" rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib oʻz yoʻnalishini Choʻpon ota koʻchasiga oʻzgartirib 3-qatordan 1-qatorga keskin burilib harakatni oʻnga burganda oʻz yoʻnalishida 1-qatorda harakatlanib kelayotgan YPX xodimi boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli xizmat avtomashinasi bilan toʻqnashib yoʻl transport hodisasini sodir etgan.
Mazkur yoʻl transport-hodisasi natijasida avtomashina haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ogʻir tan jarohat olganlar aniqlanmagan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring