Toshkentda Navro‘z bayrami munosabati bilan diplomatik korpus uchun bayram tadbiri o‘tkazildi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi tomonidan, Olmazor tumani hokimligi va «Diplomatic Womenʼs Club Tashkent» a’zolari ko‘magida Navro‘z bayrami munosabati bilan katta bayram tadbiri tashkil etildi.

Tantanali marosimda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdi. Tadbir an’anaviy o‘zbekona muhitda o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun san’at ustalari tomonidan madaniy dasturlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Mehmonlar Navro‘z bayramiga xos urf-odatlar, milliy qadriyatlar hamda mamlakatimizning boy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga Navro‘z bayramining ajralmas qismlari bo‘lgan sumalak, ko‘k somsa, o‘zbek palovi va turli xil meva va shirinliklar taklif etildi.

Tadbir, madaniy aloqalarni mustahkamlash va diplomatik munosabatlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, u turli mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy almashinuv va hamkorlik uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda. Navro‘z shodiyonalari O‘zbekistonning boy madaniy merosini xalqaro jamoatchilikka namoyish qilish va hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.















Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring