Toshkentda mashinani 200 km/soatdan yuqori tezlikka chiqargan 19 yoshli haydovchi qamaldi
Toshkentda “Zeekr 007” mashinasini 200 km/soatdan yuqori tezlikka chiqargan 19 yoshli haydovchi qamaldi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt koʻchalarida 200 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanib, inspektorning talabiga boʻysunmay, uni haqorat qilgan 19 yoshli “Zeekr 007” haydovchisining videolari tarqalgan edi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan voqea holatlari oʻrganilib, huquqbuzarning shaxsi aniqlangan. U bir vaqtning oʻzida bir nechta yoʻl harakati qoidalarini buzgan.
Haydovchi Ichki ishlar boʻlimida oʻz aybiga iqror boʻlib, inspektorning qonuniy talabiga boʻysunmasligiga tezlik yuqori boʻlgani sababligini aytgan. Uning mashinada boʻlgan doʻsti boʻlayotgan voqealarni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi. Sud uni aybdor deb topib, 5 sutkaga maʼmuriy qamoqqa olish boʻyicha qaror chiqardi.
Avvalroq Andijonda yoʻllarda katta tezlikda harakatlangan “Porsche Taycan” jarima maydoniga qoʻyilgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring