Toshkentda “Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2025” forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi hududida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish, raqamli texnologiyalar bozorining investitsiya jozibadorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida Toshkentda to‘qqizinchi “Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2025” forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forum doirasida sun’iy intellektni Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish va integratsiya omili, AKTning rivojlanishi bo‘yicha global tendensiyalari, Markaziy Osiyo va turkiyzabon mamlakatlarda katta ma’lumotlar ekotizimining holati va rivojlanishi, texnologik imkoniyatlarni maksimal darajada oshirish, internetni tartibga solish bilan bog‘liq davlat siyosati masalalarini muhokama qilindi.
“Bugungi kunda ko‘plab jarayonlar avtomatlashtirilmoqda – ayniqsa, kontent yaratish sohasida. Generativ modellar orqali sifatli taqdimotlar tayyorlash mumkin bo‘lib qoldi. Biz yangi davri ostonasida turibmiz va bu raqamli transformatsiyaning yangi bosqichidir. Bu o‘zgarishlarga tayyor turish uchun fuqarolarimiz zamonaviy vositalardan foydalanishni bilishlari kerak. Biz kelgusida o‘zaro ma’lumot va texnologiyalar almashinuvi asosida butun Markaziy Osiyo uchun foydali bo‘lgan raqamli ekotizimni shakllantirish niyatidamiz.” – dedi vazir birinchi o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring