Toshkentda “Malibu” haydovchisi 45 yoshli erkakni urib yubordi
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida inson oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 11-may kuni soat 04:00 lar atrofida Mirzo Ulugʻbek tumani Feruza koʻchasi Oqtepa lavash binosi qarshisida 20 yoshli yigit “Malibu” avtomashinasini boshqarib ketayotib, 45 yoshli erkakni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 27 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring