Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari oshiriladi

19:39 19 Sentyabr 2024 Iqtisodiyot
454 0

Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar qayta koʻrib chiqiladi.

Xalq deputatlari poytaxt Kengashining 12-sentyabrdagi qarorida keltirilishicha, “Veolia Energy” tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun quyida taklif etilgan narxlar maʼqullandi:

  • aholiga — bir Gkal uchun 121 617 soʻm;
  • boshqa ulgurji tashkilotlarga bir Gkal uchun — 244 497 soʻm (QQSsiz).

Yangi tariflarning amalga kiritilish sanasi maʼlum qilinmagan.

Qayd etilishicha, shahar aholisi bazaviy tarifning 14 foizini toʻlaydi, qolgani shahar budjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?