Toshkentda issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari oshiriladi
Illyustrativ foto
Toshkent shahar hokimining qarori bilan “Veolia Energy Tashkent” tomonidan koʻrsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tariflar aholiga 15 foizga oshirildi.
Hujjat bilan:
- bazaviy tarif QQSsiz 711 ming 641 soʻm/Gkal;
- aholi uchun QQSsiz 139 ming 860 soʻm/Gkal;
- byudjet tashkilotlariga QQSsiz 952 ming 797 soʻm/Gkal;
- boshqa ulgurji xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarga QQSsiz 342 ming 296 soʻm/Gkal miqdorida narx (tarif)lar qoʻllanishi maʼqullangan.
Qarorda aholiga issiqlik taʼminoti xizmatlari boʻyicha pasaytirilgan tariflar qoʻllanilishi oqibatida yuzaga keladigan zararlar va investitsion xarajatlarga asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Toshkent shahar mahalliy byudjeti hisobidan har oyda subsidiyalar ajratish orqali qoplab berilishi qayd etilgan.
Bunda, subsidiya mablagʻlari “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK va Toshkent shahar Davlat-xususiy sheriklik boʻlimi tomonidan taqdim qilinadigan hisob-kitoblarga koʻra oʻzgarmas, oʻzgaruvchan xarajatlar hamda investitsion xarajatlarga boʻlingan holda moliyalashtirib berilishi koʻzda tutilgan.
Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan (27-oktyabr) eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring