Toshkentda ilk bor xalqaro suv forumi oʻtkaziladi
Joriy yilning 25–26-mart kunlari poytaxtimizda “Tashkent Water Week 2026” xalqaro forumi boʻlib oʻtadi. Anjumanda Markaziy Osiyodagi suv tanqisligi, transchegaraviy hamkorlik va sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.
Tashkilotchilarning qayd etishicha, iqlim oʻzgarishi va aholi sonining oʻsishi natijasida Markaziy Osiyoda suv resurslariga boʻlgan talab keskin ortgan. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sektori kuchli bosim ostida qolmoqda. Bunday sharoitda suvni boshqarish nafaqat iqtisodiy, balki strategik ustuvor vazifaga aylangan.
“Suv resurslarini boshqarishda texnologiyalar va innovatsiyalar: Markaziy Osiyo va global suv aylanishi” deb nomlangan dastur doirasida davlatlararo suv almashinuvini muvofiqlashtirish, suv taʼminotida texnologik va yashil innovatsiyalarni qoʻllash, qishloq xoʻjaligida suvdan oqilona foydalanish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga eʼtibor qaratiladi.
Forum doirasida nafaqat plenar sessiyalar, balki suv xavfsizligi boʻyicha Toshkent konferensiyasi hamda talabalar va yosh olimlar uchun xalqaro fan olimpiadasi ham oʻtkaziladi. Bu ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlashga xizmat qiladi.
Tadbirda davlat idoralari vakillari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari, yetakchi olimlar va biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Forum Markaziy Osiyoning global suv aylanishidagi rolini oshirish va mintaqaviy strategik yechimlarni ishlab chiqish uchun platforma boʻladi.
Maʼlumot uchun, forum haqida batafsil maʼlumotni www.tashkentwaterweek.uz rasmiy sayti orqali olish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring