Toshkentda ikkita avtobus va “Onix” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Videodan kadr
Toshkent shahrida “Yutong” va “King Long” rusumli avtobuslar hamda “Onix” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 25-sentyabr kuni soat 10:10 larda poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumani M.Ulugʻbek koʻchasida “King Long” rusumli avtobus haydovchisi A.S. bir yoʻnalishda oʻziga nisbatan oldinda harakatlanayotgan “Yutong” rusumli avtobusga nisbatan oraliq masofani saqlamagani tufayli yoʻl-transport hodisasini sodir boʻlgan.
Oʻz navbatida, “Yutong” rusumli avtobus toʻqnashuvda olgan inersiyasi taʼsirida oʻziga nisbatan oldinda harakatlanayotgan “Onix” rusumli avtomobilga borib urilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa sababli “King Long” rusumli avtobusda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 46 yoshli M.I. qoʻrqish va qattiq stress holatiga tushib qolgan. Unga tibbiyot maskanida tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.
Toʻqnashuv oqibatida har ikkala avtobus ham texnik shikastlangan. Hozirda mazkur YTH oʻrnatilgan tartibda shahar YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring