Toshkentda ikki fuqaro oʻzaro janjallashdi

21:11 27 Yanvar 2026 Jamiyat
389 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar fuqaro oʻzaro janjallashganligi aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, holat shu yilning 25-yanvar kuni taxminan soat 17.30 larda Yunusobod tumani, Oloy bozori berk koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylardan birining hovlisida sodir boʻlgan.

Unda 1976-yilda tugʻilgan fuqaro B.A. hamda 1992-yilda tugʻilgan fuqaro S.P. oʻzaro kelishmovchilik sababli janjallashib ketgan. Hodisa jarayonida fuqaro S.P. oʻzining “Captiva” rusumli avtomashinasini boshqarish vaqtida yoʻl chetida turgan “Malibu” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?