Toshkentda hokimiyat mansabdori qamoqqa olindi
Foto: DXX
Toshkent shahri Uchtepa tumanida hokimiyat vakilining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va obodonlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi noqonuniy ravishda tadbirkordan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, hokimiyat vakili goʻyoki joriy yilda Uchtepa tumani hududida buzilishi lozim boʻlgan savdo doʻkonlari va boshqa manzillar roʻyxati tuzilayotganligini roʻkach qilib, tadbirkorga tegishli doʻkonni tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi yaqin aloqalari orqali mazkur roʻyxatga kiritmaslik hamda buzdirmaslik evaziga ushbu pul mablagʻini talab qilgan.
Bildirilishicha, hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring