Toshkentda haydovchi yoʻl talashib, “Lacetti”ni “dubinka” bilan urdi

16:53 12 Iyul 2025 Jamiyat
257 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki haydovchi oʻrtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahri Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashitish boʻlimi tomonidan oʻrganish olib borildi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 14-iyun kuni soat 11:00 larda Yunusobod tumani Rixsiliy koʻchasida “Lacetti” haydovchisi 1981-yilda tugʻilgan, B.X. hamda “Cobalt” haydovchisi 1996-yilda tugʻilgan Sh.O.lar yoʻl talashish oqibatida oʻzaro tortishib qolgan.

Shundan soʻng B.X. yoʻlning qatnov qismida avtomashinasini toʻxtatib, qoʻlidagi jism bilan “Cobalt” avtomashinasini chap tomon eshik oynasiga urib, voqea joyidan ketib qolgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.X.ga nisbatan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?