Toshkentda FVB inspektori oʻz joniga qasd qildi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi oʻz joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu maʼlumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqlagan.
Bildirilishicha, voqea kecha, 21-dekabr kuni soat 15:00 larda Boʻstonliq tumani “Gʻazalkent” MFY Sebzor koʻchasidagi dalahovlida sodir boʻlgan. Joriy yil 25-noyabr kunidan navbatdagi xizmat taʼtilida boʻlgan Toshkent shahar Uchtepa tuman FVB profilaktika inspektori katta leytenant 25 yoshli X.B. dalahovlida arqon bilan boʻyin sohasidan osilgan holda topilgan.
Marhumning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring