Toshkentda fuqaroni Kanada davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

17:54 03 May 2024 Jamiyat
402 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. fuqaro B.O.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?