Toshkentda doimiy propiska tizimi oʻzgarishi mumkin

21:13 04 Aprel 2020 Hujjatlar
2065 0

“Taraqqiyot strategiyasi” Markazi oʻzining rasmiy saytida Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.

Loyihada koʻpchilik fuqarolarning eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan “propiska” tushunchasi oʻrniga “roʻyxatdan oʻtkazish” tushunchasi kiritilmoqda.

Jumladan, koʻpchilik fuqarolarning eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan “propiska” tushunchasi oʻrniga xalqaro tajribaga asoslangan holda “roʻyxatdan oʻtkazish” tushunchasi kiritilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Toshkent shahri va viloyatida koʻchmas mulkni olishda ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish hamda yangi qurilgan uylarning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini toʻlash haqidagi talablar bekor qilinmoqda.

Fuqarolarning birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarini nafaqat oʻzi doimiy roʻyxatda boʻlgan manzilga, balki egaligidagi boshqa uy-joyga ham doimiy roʻyxatga qoʻyish huquqi nazarda tutilmoqda.

Boshqa hududlarda doimiy roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Toshkent shahri va viloyatida uyni umumiy mulk huquqi asosida oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga berish, garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan

voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullariga oid bitimlarni notarial tasdiqlashda ham ijtimoiy norma toʻgʻrisidagi qoidalar inobatga olinishi lozimligi belgilanmoqda.

Doimiy propiska uchun er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yoʻqotilishi haqidagi qoidalarni qonunchilikdan chiqarib tashlash koʻzda tutilgan.

Ilgari Toshkent shahri va viloyatida doimiy roʻyxatga ega boʻlgan fuqarolar qaytib kelganda, ular ushbu hududlarda hech qanday qoʻshimcha shartlarsiz qayta doimiy roʻyxatga olinishi mumkin boʻladi.

Shundan kelib chiqib, vakillik organlariga saylangan, tegishli davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va respublika ahamiyatidagi boshqa davlat tashkilotlariga tayinlangan xodimlar uchun doimiy roʻyxat boʻyicha lavozimni egallab turish davriga oid cheklov olib tashlanmoqda.

Bundan tashqari, oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga turish imkoniyatiga ega boʻladi.

Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish muddati uy-joy egasining roziligi asosida 1 yildan 5 yilgacha uzaytirilmoqda.

Ayni vaqtda, fuqarolarni Toshkent shahri va viloyatida doimiy

va vaqtincha roʻyxatdan oʻtmasdan, yashash muddati 10 kundan 15 kunga oʻzgartiriladi.

Shu bilan birga, doimiy va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish fuqaroning xohishiga koʻra ichki ishlar organlari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi hamda uning muddati 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi.

Doimiy roʻyxatni rasmiylashtirishda pasport, uy daftari

yoki xonadon kartochkasiga shtamp bosish amaliyotidan voz kechish va mazkur jarayonlarni raqamlashtirish koʻzda tutilmoqda.

Doimiy roʻyxatga olishni rasmiylashtirishda avvalgi yashash joyidan mustaqil roʻyxatdan chiqish tartibi, hamda harbiy xizmatga majburlarning doimiy roʻyxatga turishdan oldin va keyin harbiy hisob uchun mudofaa boʻlimlariga borish tartibi bekor qilinib, ushbu jarayonlar idoralararo elektron dastur orqali amalga oshiriladi.

Tugʻilgan bolaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida tugʻilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish vaqtida uni otasi yoki onasining doimiy roʻyxat manzili boʻyicha idoralararo avtomatlashgan tizim orqali doimiy roʻyxatga olish tartibi kiritilmoqda.

Yuqoridagilardan tashqari, masʼul idoralarga fuqarolarning

oʻz xohishi bilan roʻyxatda turishini ragʻbatlantirish, doimiy roʻyxat talab etiladigan davlat xizmatlarini vaqtinchalik roʻyxat orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish boʻyicha zarur topshiriqlar berilgan.

Mazkur loyihalarning mazmuni taklif va mulohazalar bildirish hamda shu asosda ularni yana-da takomillashtirish uchun Sizlarning eʼtiboringizga havola etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер