Toshkentda bir nechta koʻchalar vaqtincha yopiladi

17:10 17 May 2023 Jamiyat
1079 0

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 21-may kuni “Men gʻolib” ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shahardagi quyidagi koʻchalar vaqtincha yopiladi.

— 20-may kuni soat 10:00 dan 21-may kuni soat 11:00 gacha: Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov shoh koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob koʻchasi boʻylab Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha;

— 21-may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha: Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov shoh koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek koʻchalari boʻylab Oybek va Nukus koʻchalari kesishmasigacha, shuningdek, Oybek va Nukus koʻchalari kesishmasidan Nukus koʻchasi boʻylab Rim katolik cherkovigacha.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер