Toshkentda baliqchi kanal boʻyidan yosh bolaning murdasini topdi
Illyustrativ foto
Toshkent shahri Uchtepa tumanida qidiruvda boʻlgan 13 yoshli bola oʻlik holda topildi. Bu haqda “UzAlert” (Oʻzbekiston qidiruv-qutqaruv otryadi) Instagram sahifasida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, N.B. 7-avgust kuni soat 18:00 da uydan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Maʼlumotlarga koʻra, bolaning jasadini Uchtepa hokimligi yaqinida, kanal boʻyida baliqchi topib olgan.
“Bolaning ota-onasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Uni topishda yordam bergan hammaga rahmat”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida bedarak yoʻqolgan erkakning murdasi “Boʻrijar” kanalidan topilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring