Toshkentda ayanchli YTH sodir boʻldi (+video)
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Lixiang L9” rusumli mashina ayanchli ahvolga kelib qoldi. Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 30-sentyabr kuni soat 01:00 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik shoh koʻchasi 42A-uy qarshisida roʻy bergan. Unda BYD va “Lixiang L9” rusumli avtomashinalar oʻzaro toʻqnashib, YTH sodir etgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida “Lixiang L9” haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanida yoʻlovchi tashuvchi avtobus va ZIL rusumli yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring