Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln dollarga sotmoqchi boʻlgan “uddaburonlar” qoʻlga olindi

Toshkent shahrida 50 sotix yerni 4 million AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanalida xabar berildi.
Unda aytilishicha, Toshkent shahrida qurilish obyektlarini loyihalash bilan shugʻullanuvchi MCHJning ofis menejeri hamda maklerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi 1990-yilda tugʻilgan fuqaro oʻzaro til biriktirib, aldov yoʻli bilan tadbirkorning ishonchiga kirgan.
Shundan soʻng, ular oʻzlariga tegishli boʻlmagan M.Ulugʻbek tumanidagi 50 sotix yer maydonini tadbirkorga 4 million AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan avans sifatida 100 ming AQSH dollari, shuningdek, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali ushbu obyektni noturar toifadan turar toifaga oʻtkazib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy qurishi uchun ruxsatnoma olish, arxitektura va loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa tegishli ishlarni bajarib berish evaziga 200 ming AQSH dollari soʻrab, oldindan 100 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzar shaxslar 200 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarini shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring