Toshkent viloyatining uch hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi
Illyustrativ foto
“Oʻzgidromet” rahbari Sherzod Habibullayev Toshkent viloyatining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi borligidan ogohlantirdi.
Uning maʼlum qilishicha, 5-7-noyabr kunlari kutilayotgan havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining (Chotqol tizmasining togʻlari) togʻli hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
“Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deb yozadi “Oʻzgidromet” rahbari.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 6-noyabr kuni Respublikaning baʼzi hududlarida havo harorati -3 darajagacha pasayishi kutilayotgani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring