Rubio: AQSH Ukraina boʻyicha tinchlik rejasini imkon qadar tezroq kelishmoqchi

12:46 24 Noyabr 2025 Dunyo
124 0

AQSH davlat kotibi Marko Rubio CNNʼga bergan bayonotida Vashington Ukrainadagi urishni toʻxtatishga qaratilgan tinchlik rejasini eng qisqa muddatda kelishib olishni istayotganini maʼlum qildi.

— Biz buni imkon qadar tezroq kelishmoqchimiz. Albatta, bu jarayonni payshanbagacha yakunlasak yaxshi boʻlardi. Biz ancha ilgarilab oldik, shu sabab men optimistman va bunga juda tez, oqilona muddatlarda erishamiz, — dedi u.

Rubioning qoʻshimcha qilishicha, AQSH Kiyevning xavfsizlik kafolatlariga ehtiyoji borligini tan oladi va bu tinchlik taklifining muhim qismi hisoblanadi.

Avvalroq Ukraina deputati Aleksey Goncharenko AQSH taklif etgan tinchlik rejasini eʼlon qilgan edi. Hujjat 28 banddan iborat boʻlib, ularda Ukrainaning NATOga qoʻshilishdan voz kechishi, tinchlik bitimi imzolangach 100 kun ichida saylovlar oʻtkazilishi, Qrim, Lugansk va Doneskni de-fakto Rossiya hududi sifatida tan olish kabi bandlar bor.

Keyinchalik “Reuters” AQSH rejasiga bildirilgan Yevropa ittifoqdoshlarining muqobil taklifi — toʻliq matnni eʼlon qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?