Toshkent viloyatiga kirib kelgan fuqaro avtomobilidan toʻpponcha patronlari topildi

Toshkent viloyati bojxona postiga kirib kelgan fuqaro avtomobilidan toʻpponcha patronlari topildi. Bu haqida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobo avto” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikdagi bojxona postiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan.
Koʻrikdan oʻtkazish jarayonida orqa oʻrindiq buyumlar idishi ichida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va deklaratsiyada koʻrsatilmagan 11 dona 10 millimetrli travmatik toʻpponcha patronlari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlab yuborilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining qurol toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini davlatimiz hududiga olib kirish, olib chiqish tegishli organlar ruxsatnomalariga koʻra amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring