Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr qoldiqlari topildi
Foto: Madaniy meros agentligi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida qadimgi davrga oid qabr qoldiqlari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u iyun oyida Kumushkon mahallasidagi fermer xoʻjaligiga olib boruvchi yoʻlning qurilishi jarayonida topilgan. Birlamchi oʻrganishlar natijasida ushbu hududdan suyak boʻlaklari hamda kuchli zanglagan temir qilich ham chiqqan.
Qazishmalar davomida yoʻl ustida yer surish ishlari olib borilayotgan vaqtida hosil boʻlgan oʻra aslida yerosti dafn xonasi (katakomba) ekani aniqlangan. Mutaxassislar tomonidan bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda bulla (muhr) topilgan.
Qurilishning umumiy turi va dafn marosimining koʻpligidan kelib chiqqan holda mutaxassislarning taxminlaricha, ushbu qabr eramizning I ming yilligiga toʻgʻri kelmoqda. Arxeolog olimlarning soʻzlariga koʻra, bunday qabrlar oʻsha davrdagi koʻchmanchi chorvador aholiga taalluqli boʻlgan boʻlishi mumkin.
Noyob topilmalarni oʻrganish maqsadida eksponatlar Y.Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti laboratoriyasiga yuborilgan. Hozirgi vaqtda agentlikning moliyaviy koʻmagida hududda institut xodimlari tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring