Toshkent viloyatida 2008-yilda tugʻilgan fuqaroning yonidan giyohvand modda topildi

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 2008-yilda tugʻilgan fuqaroning yonidan giyohvand modda topildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar qildi.
Qayd etilishicha, 28-iyul kuni “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Nurafshon shahrida YPX inspektori tomonidan 1998-yilda tugʻilgan fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli transport vositasi toʻxtatilib, hujjatlarni tekshirish jarayonida avtoulovda yoʻlovchisi sifatida harakatlanib ketayotgan 2008-yilda tugʻilgan fuqaro Q.Sh oʻzining harakatlarida shubha uygʻotgan.
Fuqaroning yonidagi sumkasidagi ashyolar xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda sumkadan pul kupyurasiga oʻralgan oʻtkir hidli, yashil rangli, quritilgan giyohvand moddaga oʻxshash modda borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaro xonadonidan giyohvandlik vositalari topilgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring