Toshkent shahrida bola oʻgʻrilari paydo boʻldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bola oʻgʻrilari paydo boʻlgani, maktablar, koʻp qavatli uylar oldida bolalarni aldab mashinaga solib olib ketishmoqchi boʻlgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, Toshkent shahrida bola oʻgʻrilari paydo boʻlgani haqidagi xabarlar haqiqatga zid boʻlib, poytaxtda soʻnggi besh yillik tahlillar jarayonida bola oʻgʻirligi holatlari qayd etilmagan.
“Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlari! Sizlardan, asoslanmagan va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni va tarqatmaslikni soʻraymiz”, — deyiladi boshqarma munosabatida.
Shuningdek, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanganini eslatib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring