Toshkent, Samarqand yoki Andijon… qaysi viloyatda elektromobillar soni koʻproq?

10:30 11 Iyul 2025 Jamiyat
260 0

Oʻzbekiston Respublikasida elektromobillar soni ortib bormoqda. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-aprel holatiga koʻra mamlakatimizda jami 65,2 mingta elektromobil roʻyxatga olingan. Bu koʻrsatkich ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga boʻlgan qiziqish ortib borayotganini koʻrsatadi.

Hududlar kesimida esa Toshkent shahri 49 ming 736 ta elektromobil bilan yetakchilik qilmoqda. Undan soʻng Toshkent viloyatida 4 ming 512 ta, Samarqand viloyatida 1 ming 739 ta, Xorazm viloyatida 1 ming 415 ta va Fargʻona viloyatida 1 ming 376 ta elektromobil qayd etilgan. Qashqadaryo viloyatida 1 ming 338 ta, Buxoro viloyatida 1 ming 133 ta va Navoiy viloyatida 901 ta elektromobil roʻyxatga olingan.

Shuningdek, Andijon viloyatida 878 ta, Namangan viloyatida 700 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 525 ta va Sirdaryo viloyatida 404 ta elektromobil qayd etilgan. Jizzax viloyatida 302 ta va Surxondaryo viloyatida esa 198 ta elektromobil roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi.

Umumiy holatda, mamlakatning barcha hududlarida elektromobillarga boʻlgan qiziqish kuzatilmoqda. Bu holat Oʻzbekistonda ekologik barqaror transport vositalarini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati va aholining ongli tanlovini aks ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер