Toshkent aeroportida anʼanaviy kuzgi spotting-tur boʻlib oʻtdi

09:43 16 Oktyabr 2023 Jamiyat
367 0

“Toshkent” xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan anʼanaviy tadbir – beshinchi rasmiy spotting-tur boʻlib oʻtdi.

Spottingda Oʻzbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozogʻiston va Belarusdan 50 ga yaqin spotter qatnashdi. Hammasi boʻlib 100 dan ortiq ariza topshirildi.

Samolyotlarni professional tarzda suratga olish yosh fotosuratchilar orasida tobora koʻproq tarqalmoqda. Oʻtgan dam olish kunlarida tadbirda 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan 12 nafar aviaspotter qatnashdi.

Ishtirokchilar “Silk Avia”, “Uzbekistan Airways”, “Turkish Airlines”, “Kam Air”, “Loong Air”, “Air Astana”, “Utair”, “Rossiya”, “Aeroflot”, “S7 Airlines”, “Qanot Sharq” va boshqa aviakompaniyalarning uchish va qoʻnishlarini suratga oldilar.

Anketalarni koʻrib chiqishda, avvalgi bosqichlarda boʻlgani kabi, bir nechta mezonlar — aviatsiya mavzulariga bagʻishlangan shaxsiy veb-sayt, blog yoki ijtimoiy tarmoqda akkauntning mavjudligi, professional foto va video jihozlarning mavjudligi, shuningdek, ixtisoslashtirilgan veb-resurslardagi nashrlar borligi hisobga olindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ilk rasmiy aviaspotting 2021-yil 22-oktabrda boʻlib oʻtgan va shu kuni Oʻzbekistonda rasmiy spottingga start berilgan edi. Shuningdek, 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan boʻlib, unda spotting-turlarni doimiy ravishda oʻtkazish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?