Toʻrt hududda “valyutchik”lar qoʻlga tushdi

19:10 12 Fevral 2026 Jamiyat
92 0

Valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Sh.X. fuqaro A.I.ga 6 500 AQSH dollarini 79,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan 71,5 mln soʻm va 700 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Chirchiq shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.X. 5 000 AQSH dollarni fuqaro N.F.ga 60,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shuningdek, Departamentning Mirobod tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida ham tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar S.O. va Sh.A. fuqaro M.A.ga 4 600 AQSH dollarini 56,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ularning boshqaruvidagi avtomashinasidan 466,2 mln soʻm, 1 156 AQSH dollari, 24 ming Rossiya rubli, 810 yevro, 160 funt sterling, 10 ming qozoq tengesi va 1,7 ming Tojikiston somoniysi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, Departamentning Sergeli tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan J.K. fuqaro N.J.ga 4 300 AQSH dollarini 52,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4 327 AQSH dollari va 13 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер