Toʻrt haftada koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichi 30 foizga kamaydi — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida keltirilishicha, joriy yil 3-30-aprel kunlari dunyo boʻyicha 2,8 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ularning 17 ming nafardan ortigʻi xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Tahlillarga koʻra, oʻtgan toʻrt hafta ichida kasallanish koʻrsatkichlari undan avvalgi 28 kunga nisbatan 17 foizga, oʻlim holatlari esa 30 foizga kamaygan.
Ushbu davrda eng koʻp bemor roʻyxatga olingan mamlakatlar:
— AQSH — 392 ming,
— Janubiy Koreya — 330 ming,
— Yaponiya — 251 ming,
— Hindiston — 222 ming,
— Fransiya — 197 ming nafar.
Eng koʻp oʻlim holatlari qayd etilgan davlatlar:
— AQSH — 5263,
— Braziliya — 1255,
— Rossiya — 993 nafar.
Eslatib oʻtamiz, pandemiya boshlangandan shu kungacha Yer yuzida 765 million nafardan ziyod kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyilib, ulardan 7 million nafarga yaqini vafot etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring