Toqayev: Qozogʻistonda qarindosh-urugʻchilik tizimi tugadi
Foto: Aqorda
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taʼkidlashicha, mamlakat boshqaruv tizimida endilikda qarindosh-urugʻchilik tuzilmasi yoʻq.
“Davlat xizmatlarida meritokratiya tamoyili mustahkamlanmoqda. Lavozimlarga tayinlashda avvalo bilim va professionallik hisobga olinadi”, — dedi Toqayev Avgust konferensiyasi plenar majlisida.
Davlat rahbariga koʻra, Qozogʻiston jamiyati transformatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda, fuqarolar ongi ham oʻzgarmoqda.
“Bugun biz bir yoqadan bosh chiqarib, odil, toza va kuchli Qozogʻistonni barpo etyapmiz. Yangi sifatli millatni shakllantirish uchun muhim islohotlarni amalga oshirdik. Bu katta va murakkab ish boʻlib, unda sezilarli natijalarga erishildi. Siyosiy tizim tubdan yangilandi, yangi iqtisodiy kurs belgilandi”, — dedi prezident.
Toqayev Qozogʻiston yangi bosqichdagi rivojlanish davriga qadam qoʻyganini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring