Toksik moddadan zaharlanib hushini yoʻqotgan xodimlar qutqarildi — FVV

09:09 06 Aprel 2022 Jamiyat
813 0

Kecha, 5-aprel kuni soat 19:20 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumani, 19-daha, «Al-Xorazmiy» koʻchasida joylashgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida 3 nafar ishchi xodimlar benzin yoqilgʻisi saqlanayotgan sisternalar oraligʻidan hushsiz holda yotganligi boʻyicha tashvishli xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib hushsiz holda yotgan AYOQSH xodimlarini xavfli hududdan olib chiqishib birinchi yordam koʻrsatishgan, shuningdek ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun Tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan.

Ayni vaqtda Toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya boʻlimiga joylashtirilgan.

Voqea sababi oʻrganilganda, AYOQSH hududi yer ostiga koʻmilgan 3 dona, har biri katta sigʻimli benzin yoqilgʻisi saqlanayotgan sisternalar orasida yigʻilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli konsentratsiyasidan hushlarini yoʻqotganligi aniqlandi.

Voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshligʻi rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajlari 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman prokuraturasi, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?