“Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi, prokuratura va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i F.H. “M.M.” oilaviy korxonasining umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz nuqtalarini tashkil etish va ularni tarmoqqa ulashga ruxsat hamda texnik shart xulosasini berishi evaziga 700 AQSH dollari va loyiha hujjatlarini arzon narxlarda tayyorlab berishi uchun yana 2 mln so‘m talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring