Termizga kirish va chiqish toʻxtatildi

14:58 28 Mart 2020 Jamiyat
887 0

Arxiv surat

Maʼlum qilinishicha, 2020-yil 28-mart kuni soat 06:00 dan boshlab, viloyatning Termiz shahri va tuman hududlariga kirish-chiqish, har qanday transport vositalarining (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomototrasportlar) harakatlanishi (oziq-ovqat mahsulotlari, dori darmon vositalarini tashuvchi avtotransport vositalari bundan mustasno) toʻxtatildi.
Aytilishicha, bu voha aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi boʻylab tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Termiz shahri va tumanlarda doimiy yashovchi (roʻyxatdan oʻtgan) shaxslarga, Termiz shahri va tumanlarda joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining alohida topshirigʻiga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan masʼul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Joriy yilning 28-mart kuni soat 06:00 dan boshlab, viloyatning Termiz shahri va tuman hududlariga kirish-chiqish, har qanday transport (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomototrasportlar) vositalarining harakatlanishi toʻxtatilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер