Termizdagi maktabda yongʻin sodir boʻldi
2021-yil 17-may kuni soat 10:00da Surxondaryo viloyati Termiz shahar S.Termiziy koʻchasida joylashgan 6-umumtaʼlim maktabida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 6 ta yongʻin-qutqaruv guruhlari soat 10:05da yetib borishib, soat 10:15da yongʻin qurshab olingan va soat 10:40da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin natijasida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Yongʻinning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yongʻin oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring