Termizda bolajonlarga “Prezident sovgʻasi” topshirildi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Yangi yil bayrami bolajonlar orziqib kutadigan shodiyonalardan. Bayram munosabati bilan ulashiladigan sovgʻalar, tantana va sarguzashtga boy tomoshalar ularga bir olam zavq-u shavq bagʻishlaydi.
Termiz shahridagi “Iceberg” koʻngilochar maskanida oʻtkazilgan “Prezident archasi” tadbiri bu yil ham shukuhli va bolajonlar esida qolarli voqealarga boy boʻldi. Unga oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan oʻgʻil-qizlar hamda Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar farzandlari taklif qilindi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov bolajonlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan qutlab, ularga Prezident sovgʻalarini topshirdi.
Teatrlashtirilgan badiiy dastur namoyishi bolajonlarga yanada xush kayfiyat baxsh etdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasidan olingan maʼlumotga koʻra, shu kuni viloyatdagi 380 nafar ota-ona qarovisiz qolgan bola, 33 nafar Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchisi, 35 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yurt osoyishtaligi yoʻlida qurbon boʻlgan xodimlarining farzandlari va 145 nafar Muruvvat uyi tarbiyalanuvchisiga Prezidentimizning Yangi yil sovgʻasi tuhfa qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring