Tataristonda ogʻir kasallikka chalingan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi koʻmagida Tataristonda ogʻir kasallikka chalingan yurtdoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Unda aytilishicha, 1968-yilda tugʻilgan X.I. vaqtincha ishlash uchun Tataristonga kelgan. Ish jarayonida sogʻligʻida kuzatilgan jiddiy muammolar tufayli u Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan. Bemor Oʻzbekistonga qaytarishlarini soʻrab, mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat asosida Bosh konsulxona xodimlari vatandoshimizni Oʻzbekistonga qaytarishga qaratilgan tibbiy tayyorlov jarayonlarni shifokorlar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib, zarur konsullik-huquqiy va amaliy yordamni qisqa vaqt ichida yakunlagan.
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi, “Uzbekistan airways” milliy aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda X.I.ning “Qozon–Toshkent” aviayoʻnalishi boʻyicha oilasi bagʻriga sogʻ-salomat qaytib kelishini taʼminlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Oʻzbekiston diplomatlari saʼy-harakatlari bilan Rossiyaning Vladivostok shahrida ogʻir tan jarohati olgan vatandoshimiz ham vatanga qaytarilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring