Tashqi ishlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

08:16 23 Oktyabr 2024 Siyosat
186 0

Foto: ТIV

Prezident qaroriga muvofiq, Abdullayev Olimjon Suyunovich Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Abdullayev koʻp yillar davomida Tashqi ishlar vazirligi tizimida mehnat qilgan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2021-2024-yillarda Oʻzbekistonning Frankfurt-Mayn (Germaniya) shahridagi bosh konsuli lavozimida ishlagan.

Maʼlumot uchun, Olimjon Abdullayev Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlangan Rahmatulla Nurimbetovning oʻrnini egalladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер