Taroveh namozi sababli poytaxtdagi ayrim koʻchalar yopilishi maʼlum qilindi
Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 10-mart kunidan boshlab har kuni soat 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yoʻllar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.
Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha:
— Tepa masjidi Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Olimlar koʻchasiga qadar.
Bektemir tumani boʻyicha:
— Alibek masjidi М.Авезов koʻchasidan Xusayin Boyqaro koʻchasiga qadar.
Yashnobod tumani boʻyicha:
— Islom ota masjidi Fargʻona yoʻli koʻchasi ikkinchi darajali yoʻldan Zarkent va Obishir koʻchalariga qadar.
— Ali ibn Abu Tolib masjidi Choʻlpon koʻchasidan Salohiyat koʻchasiga qadar.
Mirobod tumani boʻyicha:
— Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja masjidi Yangi Quyliq – Fayziobod koʻchalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor koʻchasiga qadar.— Quyliq ota masjidi TXAY – Qoʻyliq ota koʻchalari kesishgan chorrahadan Yangi Qoʻyliq tor koʻchasiga qadar.
Sergeli tumani boʻyicha:
— Maʼruf ota masjidi Choshtepa koʻchasidan Chosh tepa 1-tor koʻchasiga qadar.
— Noʻgʻayqoʻrgʻon masjidi Yangi Sergeli – Noʻgʻayqoʻrgʻon KXAY – Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon – Sagʻbon chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
— Usmon bin Maʼzum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha.
— Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bogʻu boʻston chorraxasigacha.
— Rakat masjidi Ж.Шоший koʻchasidan Askiya koʻchasiga qadar.
Yangihayot tumani:
— Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdargʻon mahallasiga kirishga qadar.
Shayxontohur tumani boʻyicha:
— Shayx Zayniddin (Koʻkcha) masjidi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch chorrahasigacha.
— Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.
Olmazor tumani boʻyicha:
— Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.
— Islomobod masjidi KXAY – Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon – Sagʻbon chorrahasigacha.
— Doʻstjonboy (Sulola) masjidi Sagʻbon-Sagʻbon 12-tor chorrahasidan Keles yoʻli – Noraztepa chorrahasigacha.
Yunusobod tumani boʻyicha:
— Mirza Yusuf masjidi Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasiga qadar.
Uchtepa tumani boʻyicha:
— Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa koʻchalari chorrahasigacha.
— Xazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor koʻchasigacha.
Chilonzor tumani boʻyicha:
— Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy koʻprigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.
— Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan Soʻgalli ota koʻchasigacha.
— Ubay ibn Kaʼf (Boʻrijar) masjidi Al-Xorazmiy koʻchasidan Katta Xirmontepa koʻchasigacha.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring