Tarix takrorlanishiga yoʻl qoʻymaymiz
Kuni kecha Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning fikrlari hamyurtlarmiz tomonidan keskin qabul qilindi va shuning oʻzini ham mavjud vaziyat yuzasidan qatʼiy pozitsiyamizni maʼlum qilib berdi.
Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi. Zaxarovaga Mustaqil Oʻzbekiston qonunlariga aralashish huquqini kim berdi? Biz qonunlar, hujjatlar davlat tilida yuritilsin, mansabdorlar oʻzbek tilini hurmat qilishni oʻzlari boshlab bersin deganimiz uchun shunday munosabatmi? Respublikamizda 7 tilda taʼlim beriladigan boʻlsa, yettita davlatdan mazkur loyihaga ruxsat olishimiz kerakmi? Yoki Rossiyaning alohida vakolati bormi?
Shu kabi javobsiz savollar talabalik yillarimni yodimga tushirdi. Rahmatli ustozimiz Rauf Parfi boshchiligida 80-yillar oxirida oʻzbek tili davlat tili boʻlishi uchun kurashganlarimizni esladim. U vaqtda ijtimoiy tarmoq yoʻq edi. Mahallama-mahalla yurib xonadonlardan oʻzbek tili davlat tili boʻlsin deb qoʻl qoʻydirib Toshkentga, ustozga yuborardim. Mitinglarda oilaviy ishtirok etib bu saodatga erishish uchun kurashganmiz. Oʻsha paytlari yozilgan “Gado“ nomli sheʼrimning oxirgi satrlari shunday edi:
Hattoki tilini tilanib yurgan
Men bitta gadoman, gadoman xolos.
Shu sheʼrimni yana oʻqish, yana shunga oʻxshash sheʼr yozishni umuman istamayman!
Oʻzbek tili toʻgʻrisida qonun loyihasi shu kunlarda Oliy Majlisga kiritildi va muhokamada boʻladi. Demak, deputatlarimizdan vatanparvarlik, uzoqni koʻzlab ish qilish talab qilinadi.
Gulbahor SAIDGʻANIYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
“Adolat“ SDP fraksiyasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring