Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi boʻlib oʻtmoqda.
Taʼkidlanganidek, Parlamentlararo ittifoq dunyo mamlakatlarining qonun chiqaruvchi organlari uchun global muloqot maydoni hisoblanib, uning doirasida muhokama qilingan masalalar jahon hamjamiyati eʼtiboriga yetkaziladi.
Parlamentlar oʻrtasidagi aloqalarni ragʻbatlantirish va tinchlik hamda hamkorlikni mustahkamlash ishida birgalikda faoliyat koʻrsatish uchun ularni birlashtirish Parlamentlararo ittifoqning asosiy vazifalaridan biridir.
Bugun, 6-aprel kuni Assambleya doirasida Boshqaruv Kengashi majlisi boʻlib oʻtdi. Unga Parlamentlararo ittifoqning Prezidenti Tuliya Ekson raislik qildi.
Tadbirning kun tartibiga 150-yubiley assambleya Prezidenti lavozimiga Oliy Majlis Senati Raisi nomzodi ilgari surildi hamda Kengash aʼzolari bir ovozdan Tanzila Narbayevani Assambleya Prezidenti etib saylashdi.
Oʻz navbatida Oliy Majlis Senati Raisi Boshqaruv kengashi aʼzolariga ishonch bildirib, tarixiy 150-Assambleya Prezidenti etib saylagani uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring