Tanzila Narbayeva xalqaro hamkorlar va qoʻshni davlatlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Toshkent shahrida davom etayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti majlisi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva xalqaro hamkorlar hamda qoʻshni davlatlar parlamentlari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
Uchrashuvlarda mintaqada ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʻrni va faolligini oshirish, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tanzila Narbayeva BMTning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha Taraqqiyot masalalari muvofiqlashtirish idorasi mintaqaviy direktori Gvi-Yeop Son xonim bilan uchrashuvda Oʻzbekiston va BMT tizimidagi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga qoʻshayotgan hissasi haqida fikr almashildi.
Gvi Yeop Son xonim Samarqandda oʻtayotgan YUNESKOning 43-sessiyasi Yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonch ifodasi ekanini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, Senat Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi oʻrinbosari Jыldыz Sadыrbayeva, Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi namoyandagon raisining oʻrinbosari Muini Mavsuma, Qozogʻiston Respublikasi Majilisi raisi oʻrinbosari Daniya Yespayeva hamda Turkmaniston Mejlisi Fan, taʼlim, madaniyat va yoshlar siyosati qoʻmitasi raisi Miradova Bayramgozel bilan ham uchrashuvlar oʻtkazdi.
Uchrashuvlarda davlatlar oʻrtasida doʻstona qoʻshnichilik, oʻzaro ishonch va strategik hamkorlikka asoslangan munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Bu jarayonda yetakchi ayollarning faol ishtiroki, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash, jamiyatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan islohotlarning ahamiyati alohida qayd etildi.
Shuningdek, hududlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada faollashtirish, sanoat, energetika, ishlab chiqarish va ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv ishtirokchilari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, ayollar faolligini oshirish va barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishda muhim platforma ekanini alohida taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring