Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartibi belgilandi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Keltirilishicha, yoʻriqnoma tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi.
Aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar “Davlat belgisi” DUKga quyidagi shaklga muvofiq aksiz markalarini xarid qilishga buyurtmanoma bilan murojaat etadi. Importchilar Bojxona qoʻmitasining hududiy organlariga belgilangan shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladi.
Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas:
- respublikadan tashqariga eksport qilinayotgan;
- bojsiz savdo qiluvchi doʻkonlar uchun respublika hududiga keltirilayotgan;
- Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda, koʻrgazmalar oʻtkazish uchun keltirilayotgan;
- xalqaro tranzit boʻyicha Oʻzbekiston olib kelinayotgan va olib chiqishga moʻljallangan;
- jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan aksizsiz olib kirish meʼyorlari doirasida keltirilayotgan.
Hujjat 2024-yil 1-noyabrdan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring