Tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs qoʻlga olindi

18:30 03 Oktyabr 2025 Jamiyat
351 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.A. fuqaro F.Q.ga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 5 turdagi 3 ming 80 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini 2 ming 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер